17:36 / 27.01.2024
344

O‘zbekistonliklar qaysi kasalliklardan ko‘proq vafot etayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonliklar qaysi kasalliklardan ko‘proq vafot etayotgani ma’lum qilindi
Statistika agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tgan yili 95 000 nafar erkak, 77 800 nafar ayol vafot etgan.

Infografika: Statistika agentligi
Mamlakatda 2023 yil yanvar – dekabr oylarida jami 172 800 kishi olamdan o‘tgan. Vafot etganlarning 93 600 nafari shaharlar, 79 200 nafari qishloqlar aholisi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Vafot etganlar orasida mehnatga layoqatli yoshdagilar 24,6 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 8,8 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 66,6 foizni tashkil etgan.

Agentlik o‘tgan yil davomida qayd etilgan o‘limlarning 61,1 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan kelib chiqqanini ma’lum qilgan. Shuningdek:

10,8 foizi — o‘limlar o‘simtalardan;
5,5 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan;
4,8 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan;
4,1 foizi — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan;
1,3 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan;
12,4 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Infografika: Statistika agentligi
O‘tgan yili eng ko‘p o‘limlar Samarqand viloyatida qayd etilgan — 19 388 ta. Shu bilan birga, Farg‘ona (18 658 ta), Qashqadaryo (16 424 ta), Andijon (15 877 ta), Toshkent viloyatlari (15 537 o‘lim) hamda Toshkent shahrida (15 616 ta) o‘limlar soni nisbatan yuqori bo‘lgan.

O‘limlarning o‘sish sur’ati eng yuqori darajasi Navoiy, Sirdaryo Toshkent, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonliklar qaysi kasalliklardan ko‘proq vafot etayotgani ma’lum qilindi