O‘zbekistonda 185 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilayotgani ma’lum qilindi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov xabar berdi. 2024 yil yanvar fevral oylarida 1,7 million tonna sement, 3,8 million kv metr qurilish oynasi, 4,1 million kv metr keramik plitka, 8,2 million kv.metr gipsokarton, 452 ming o‘ram oboy kabilar ishlab chiqarildi.
O‘tgan hisobot davrida yangi turdagi, energiya tejamkor qurilish materiallaridan 86 ming metr kub gazobeton, 504 ming kv.metr linoleum, 6,7 ming tonna issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarildi.
2023 yilda dastlabki “Made in Uzbekistan” savdo uyi Ozarbayjon davlati poytaxti Boku shahrida ochildi. Joriy yilda esa Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlarida ham ana shunday savdo maskanlarini barpo etish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi