O‘zbek-qirg‘iz chegarasining ayrim uchastkalarida dala tekshiruvlari o‘tkazildi


24 29-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumat delegatsiyalarining ishchi guruhlari O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruvlarini o‘tkazishdi. Bu haqda TIV matbuot xizmatiga asoslanib "Gazeta.uz" xabar qildi.
Uchrashuvlar va muzokaralar yakunlariga ko‘ra qo‘shma protokol imzolandi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining o‘tish chizig‘i borasidagi mavjud masalalarga tomonlar uchun maqbul yechim topish maqsadida dala tekshiruvlarini davom ettirishga kelishib olindi.
Uchrashuv konstruktiv va xayrixohlik ruhida bo‘lib o‘tdi































Izohlar 0
…