
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra 2024 yilning yanvar-mart oylarida 1 mln 519 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 31,7 ming nafarga yoki 2,1 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Tojikiston — 536,5 ming nafar;
Qirg‘iziston — 442 ming nafar;
Qozog‘iston — 262,6 ming nafar;
Rossiya — 134,2 ming nafar;
Turkmaniston — 31 ming nafar;
Turkiya — 21,5 ming nafar;
Hindiston — 11,6 ming nafar;
Xitoy — 10 ming nafar;
Janubiy Koreya — 7,6 ming nafar;
Germaniya — 3,8 ming nafar;
Boshqa davlatlar — 58,5 ming nafar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar