
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi umumta’lim muassasalarida 2023/2024 o‘quv yili boshida barcha mulkchilik shaklidagi umumta’lim muassasalari 11-sinflarida jami 414,6 ming nafar o‘quvchi qayd etilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistondagi maktablarni bitirganlar soni 391 568 nafarni tashkil etgandi. Demak, bu yil bitiruvchilar soni o‘tgan yilga solishtirganda qariyb 23 ming nafar ko‘p.
Hududlar kesimda 2023/2024 o‘quv yilida umumta’lim muassasalarining 11-sinfda o‘qigan o‘quvchilar soni (ming nafar):
Jami | qiz bolalar | o‘g‘il bolalar
O‘ZBЕKISTON — 414,6 | 223,1 | 191,5
Qoraqalpog‘iston R. — 23,1 | 12,6 | 10,5
Andijon viloyati — 34,7 | 19,0 | 15,7
Buxoro viloyati — 22,9 | 12,3 | 10,6
Jizzax viloyati — 17,7 | 9,5 | 8,2
Qashqadaryo viloyati — 44,2 | 24,0 | 20,2
Navoiy viloyati — 12,2 | 6,7 | 5,5
Namangan viloyati — 30,0 | 16,9 | 13,1
Samarqand viloyati — 49,1 | 26,5 | 22,6
Surxondaryo viloyati — 34,1 | 18,1 |16,0
Sirdaryo viloyati — 10,3 | 5,5 | 4,8
Toshkent viloyati — 31,0 | 16,4 | 14,6
Farg‘ona viloyati — 43,4 | 24,2 | 19,2
Xorazm viloyati — 25,7 | 13,8 | 11,9
Toshkent shahri — 36,2 | 17,6 | 18,6 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar