O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Bahodir Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Qurbonov DXX rahbari lavozimidan chetlatilgan Abdusalom Azizovning o‘rnini egallaydi.
55 yoshli general so‘nggi besh yildan buyon O‘zbekiston Mudofaa vazirligini boshqarib kelayotgan edi. Uch kun oldin Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan, hukumatning boshqa barcha a’zolari qatori, vazir lavozimiga ma’qullangan edi.
Mudofaa vazirligida uning o‘rnini kim egallashi hozircha ma’lum emas.
Bahodir Nizamovich Qurbonov 2015-2018 yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2018 yil fevralida unga general-mayor harbiy unvoni berilib, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan. 2019 yil fevralida esa u O‘zbekiston mudofaa vaziri sifatida ish boshlagan.
2021 yil 14 yanvarda mudofaa vaziriga general-leytenant harbiy unvoni berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi