13:15 / 16.12.2024
20

Kuvayt kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi

Kuvayt kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi
Foto: Anadolu agency
O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi ko‘magida mamlakatning Migratsiya agentligi va Kuvaytning Alderaihem International Company kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar uyushtirildi.

Suhbat chog‘ida Kuvaytdagi turli kompaniyalar, shifoxona, ta’lim muassasalari va mehmonxonalarda O‘zbekiston fuqarolarining bandligini ta’minlash istiqbollari xususida fikr almashildi.

Alderaihem International Company ta’sischisi o‘rinbosari Mishal Al-Muhanna kompaniya Kuvaytdagi turli korxonalarga barcha toifadagi xorijiy ishchi kuchini yetkazib berish bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi.

Kuvayt vakiliga O‘zbekistondan xorijga ishlash uchun yuboriladigan fuqarolarga qo‘yiladigan talablar, ularni til bilish darajasi va kasbiy ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Malakali tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilarni tayyorlash hamda ularni Kuvaytga yuborishga e’tibor qaratildi.

Tomonlar kelgusida migratsiya yo‘nalishidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yanada rivojlantirish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumi loyihasini ishlab chiqish va imzolash to‘g‘risida kelishib oldilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kuvayt kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta’minlashga ko‘maklashadi