Shavkat Mirziyoyev 19 dekabr kuni gaz qazib olishning joriy holati va uni yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati raisi joriy yilda bajarilgan ishlar hamda 2025 yilgi ustuvor vazifalar to‘g‘risida axborot berdi.
Qayd etilishicha, sohada xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Ular ishtirokida kelasi yil gaz qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirish loyihalari shakllantirilgan. Xususan, zamonaviy texnologiyalar jalb qilinib, yangi ekspluatatsiya quduqlari burg‘ilanadi hamda eskilari ta’mirlanadi.
«Tarmoqdagi asosiy muammo geologiya-qidiruv ishlariga uzoq yillar yetarlicha e’tibor qaratilmaganidir. Oqibatda ayrim konlar foydalanish muddatini deyarli o‘tab bo‘lgan, yana ba’zilarining samaradorligi past. Shuning uchun zamonaviy texnologiya olib kelinib, 15 ta yangi istiqbolli maydonda geologiya-qidiruv ishlari boshlanadi. Seysmik qidiruv hududi 6,5 ming kvadrat kilometrga kengaytiriladi», — deyiladi xabarda.
Mutasaddilarga yirik xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni jalb etgan holda, geologiyani rivojlantirish va yangi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha 2025 yil uchun dastur ishlab chiqish topshirildi.
«O‘zbekneftgaz»da transformatsiyani davom ettirib, tannarxni kamaytirish, xalqaro kredit reytingini yaxshilash vazifa qilib olingan. Jumladan, kelgusi yilda ishlab chiqarish va geologiya-qidiruv loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro manbalardan mablag‘ jalb qilinishi mo‘ljallangan.
Davlat rahbari sohada investitsiyalar, yangi texnologiyalar bilan birga kadrlar masalasi muhim ekanini ta’kidladi. O‘qitish sifatini oshirib, zamonaviy mutaxassislar tayyorlash, chet elda ishlayotgan malakali vatandoshlarni taklif etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”