Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot boshlandi.
Yig‘ilishda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga kirayotgani aytildi. AQSH, Xitoy kabi yirik davlatlar bilan kelishuvlarga erishildi.
Jahon savdo tashkiloti qoidalariga zid bo‘lgan imtiyozlar bekor qilinayotgan bo‘lsa-da, davlat tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, adolatli raqobat muhitida ishlashi uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratishda davom etishi ta’kidlandi.
Bu yil qo‘shni mamlakatlar bilan chegaradan o‘tish bilan bog‘liq bir qator masalalarga yechim topildi. Xususan, 13 yil yopiq bo‘lgan Andijonning “Xonobod”, “Mingtepa” va “Qorasuv” hamda 8 yil ishlamagan “Uchqo‘rg‘on” chegara postlari tiklandi. Natijada aholi va tadbirkorlar yo‘li 100 kilometrga qisqardi.
Umuman, o‘tgan 11 oyda chegara orqali harakatlangan transport soni 400 mingga oshib, 3 millionga yetdi.
Kelgusi yilda “G‘ishtko‘prik”, “Navoiy”, “Dovut-ota”, “Shovot” va “Gulbahor” chegara postlarida qo‘shimcha koridorlar qurilib, o‘tkazish quvvati 5 karra oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”