16:30 / 15.01.2025
44

Hududlarda kichik otellar qurilishiga subsidiyalar ajratiladi

Hududlarda kichik otellar qurilishiga subsidiyalar ajratiladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tarixiy ob'ektlar va turizm rivojlanmagan hududlarda mehmonxonalar faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi.

Davlat byudjetidan tuman (shahar)larda kichik otellarni qurish va jihozlashga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun bir martalik subsidiya ajratiladi.

Bunda subsidiya yangi qurilgan (rekonstruktsiya qilinmagan) mehmonxonalar va kichik otellarga uning toifasi va xonalar sonidan kelib chiqib, 2025 yil 1 yanvardan 2026 yil 31 dekabrgacha boʻlgan davrda muvofiqlik sertifikati berilganlari uchun ajratiladi.

Subsidiya olish uchun davlat xizmatlari markazlari va YaIDXPga murojaat qilish lozim.

Respublikaning 22 ta tuman (shahar)ida (mehmonxona mavjud boʻlmagan) kichik otellar uchun subsidiya miqdori xonalarning umumiy soniga qarab belgilanadi:
  • xonalar soni 10 tadan kam boʻlganda har bir xona uchun 10 mln soʻm;
  • xonalar soni kamida 15 ta boʻlganda, har bir xona uchun 15 mln soʻm;
  • xonalar soni kamida 20 ta boʻlganda, har bir xona uchun 20 mln soʻm.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
  • YuNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar qurish hamda mehmonxona mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Mehmonxonalar mavjud boʻlmagan tuman (shahar)lar roʻyxati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston