Vazirlar Mahkamasining qarori bilan "Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan er uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorga oʻzgartirishlar kiritildi.
Hujjat qonunlar qabul qilinishi hamda prezident farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Oʻzgartirish va qoʻshimchalarda quyidagilar nazarda tutilgan:
• qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan er uchastkasi ijarachisi erdan foydalanishning asosiy maqsadli vazifasini oʻzgartirmagan holda er uchastkasini ijaraga olish shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga berish (qayta topshirish) boʻyicha bitimni rasmiylashtirish uchun notarial idoraga shaxsan murojaat qilishi shart;
• qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan er uchastkasi boshqa shaxsga faqat toʻliq hajmda ijaraga berilishi mumkin, er uchastkasini ijaraga olish shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlar esa ijaraning qolgan muddatiga rasmiylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar