23:49 / 12.03.2015
9 384

Toshkentda jurnalistlar biznes-maktabi tashkil etiladi

Toshkentda jurnalistlar biznes-maktabi tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Respublika biznes-maktabi tomonidan jurnalistlar uchun qator malaka oshirish dasturlari ishlab chiqildi.

Nazariy bilimlar qatorida, amaliy ko‘nikmalar olishga mo‘ljallangan kurslar quyidagi yo‘nalishlardan iborat: «Nashrdagi tahlil», «Gazeta soni dizayni», «Bosma nashrlar bilan ishlashda marketing texnologiyalari», «Bosma nashr sayti bilan ishlash», «Ommaviy nutq mahorati», «Savol berish san’ati».

Kurslar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dosentlari Iroda Ismoilova, Nargiz Qosimova va Nozima Muratova, «Xalq so‘zi» gazetasi bo‘lim mudiri Qobiljon Hidirovlar tomonidan olib boriladi.

Mashg‘ulotlarda interaktiv uslublar qo‘llaniladi: mashqlar, rol va vaziyat o‘yinlari. Ta’lim mobaynida mashhur jurnalistlar – tajribali amaliyotchilar va tor ixtisosga ega ekspertlarning ishtirok etish ehtimoli mavjud.

Manba: www.kun.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda jurnalistlar biznes-maktabi tashkil etiladi