6 880
2017 yilda O‘zbekiston va Turkiya hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
2017 yilning boshida Toshkentda O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari qo‘shma komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkaziladi. O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Samarqandda o‘tkazgan muzokaralarida shu haqda kelishib olingan. Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisi doirasida O‘zbekiston – Turkiya sarmoyaviy forumi ham tashkil etiladi.
Davlat rahbarlari ushbu uchrashuv davomida erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarib, o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikning yangi sahifasini ochishga xizmat qilishiga qat’iy ishonch bildirdilar.
Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.
Turkiya O‘zbekistonning an’anaviy va muhim savdo sheriklaridan biridir. 2015 yilda o‘zaro savdo hajmi 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Ammo tomonlar qayd qilganidek, bu raqamlar mamlakatlarimiz salohiyatini aks ettirmaydi. Bu miqdorni yaqin yillar ichida 2-3 marta oshirish uchun etarli imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda Turkiyaning 500 ga yaqin firma va kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan Turkiya sarmoyasi hajmi 1 milliard dollardan oshadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi