date
views 13 468

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati juma kuni +18…+21 darajagacha, shanba kuni +14…+17 darajagacha pasayishi davom etadi.

Yakshanba kuni faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. O‘zbekistonning qolgan hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi. Kechasi va kunduzi havo nisbatan salqin bo‘ladi, harorat kechasi +5…+10 darajagacha pasayadi, kunduzi esa quyosh nurlari havoni +20…+23 darajagacha isitadi.

Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ayrim joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayadi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida 18 aprel kuni kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +18…+20 daraja bo‘ladi. Shanba kuni kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +8…+10 daraja, kunduzi +15…+17 daraja bo‘ladi.

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +7…+9 daraja, kunduzi +18…+20 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?