
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati (O‘zgidromet) ma’lumotiga ko‘ra, hafta davomida respublika hududida havo harorati asta-sekinlik bilan ko‘tarilishi kuzatiladi.
Hafta boshida, ya’ni dushanba va seshanba kunlari mamlakatning ko‘pchilik hududlarida quruq va kam bulutli havo saqlanadi. Biroq Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi qismida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Chorshanba kuni faqatgina Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar kuzatilishi taxmin qilinmoqda. 24–25 aprel kunlari esa butun respublika hududida yog‘ingarchilik kutilmayapti.
Havo haroratiga kelsak, 21 aprel, dushanba kuni kunduzi butun respublika bo‘yicha havo +20...+25 daraja ichida bo‘ladi. Hafta oxiriga borib esa harorat yanada ko‘tarilib, +25...+30 daraja atrofida kuzatiladi. Shimoliy va janubiy hududlar hamda cho‘l mintaqalarida esa havo harorati ayrim joylarda +31...+33 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Shamol hafta davomida yengil va o‘rtacha tezlikda esadi, 24–25 aprelda ayrim hududlarda shamolning tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Shuningdek, 21–22 aprel kunlari mamlakatning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqini xavfi mavjudligi ta’kidlanmoqda.
Poytaxtimiz Toshkent shahrida dushanba kun kechga yaqin va seshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli mavjud. Havo harorati kunduzi +21...+24 daraja bo‘ladi. 23–25 aprel kunlari poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati +25...+28 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa +12...+15 daraja oralig‘ida bo‘ladi. Shamol sharq tomondan soniyasiga 3–8 metr tezlikda esishi aytilmoqda.
Haftalik ob-havo ma’lumotlarini kuzatib boring va tabiat hodisalariga qarshi ehtiyot choralarini ko‘rishni unutmang. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar