date
views 125

Hafta oxirida ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?

Hafta oxirida ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati +29...+32 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +33...+35 darajagacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari havo +33...+35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +37...+39 darajagacha isiydi. Bunday harorat may oyi boshiga qaraganda yoz mavsumi uchun ko‘proq xosdir.

Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida 2–4 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat +29...+31 daraja, shanba va yakshanba kunlari +32...+35 daraja bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta oxirida ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?