date
views 33

O‘zbekiston xalqaro reytingda 108-o‘rinni egalladi – hayot sifati “yuqori” deya baholandi

O‘zbekiston xalqaro reytingda 108-o‘rinni egalladi – hayot sifati “yuqori” deya baholandi
Dunyo miqyosida mamlakatlar rivojlanishi va hayot sifati darajasini baholovchi CEOWORLD jurnali 2025 yil uchun Human Progress Index (HPI) – Inson taraqqiyoti indeksi reytingi natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 196 davlat orasida 108-o‘rinni egallab, “hayot sifati yuqori” toifasiga kiritildi.

Indekis nimaga asoslangan?

Human Progress Index turli mamlakatlarning hayot sifatini uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha baholaydi:
  • Barqarorlik – iqtisodiy o‘sish, daromadlar, soliqlar, uy-joy, umr davomiyligi.
  • Qoniqish – xavfsizlik, baxt indeksi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, korrupsiyani idrok etish.
  • Muvozanat – inson huquqlari, jinslar tengligi, ekologik barqarorlik va boshqalar.

Umumiy hisobda 23 ta ko‘rsatkich 100 ballik shkala asosida baholangan. O‘zbekistonning umumiy ko‘rsatkichi – 70.94 ball bo‘ldi.

Kuchli 10lik va O‘zbekistonning o‘rni

2025 yil reytingining uchta yetakchisi:
- Shveysariya
- Norvegiya
- Islandiya

Ulardan keyingi o‘rinlarni Gonkong, Singapur, Shvetsiya, Daniya, Germaniya, Irlandiya va Avstraliya egallagan.

O‘zbekiston esa Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston (96-o‘rin) va Turkmaniston (96)dan keyingi uchinchi o‘ringa joylashdi.

Boshqa davlatlarning natijalari:
- Xitoy – 77-o‘rin
- Armaniston – 78-o‘rin
- Ozarbayjon – 92-o‘rin
- Ukraina – 102-o‘rin
- Qirg‘iziston – 119-o‘rin
- Tojikiston – 128-o‘rin

Shu tariqa, mamlakatimiz yangi global standartlarga nisbatan yaxshi baholandi.

CEOWORLD haqida

CEOWORLD — xalqaro nufuzli biznes nashr bo‘lib, mamlakatlar iqtisodiyoti, investitsiya muhiti, ta’lim, texnologiya, boshqaruv va hayot sifati borasida keng qamrovli tahlillar, reytinglar va tadqiqotlar chop etib boradi. Ular tuzgan Human Progress Index reytingi butun dunyoda e’tiborga olinadigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Zamin.uz tahririyati O‘zbekistonning xalqaro rivojlanish va hayot sifati baholanishi borasidagi barcha yangiliklarni doimiy yoritib boradi. Bu reyting mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar natijasi, fuqarolar farovonligiga bo‘lgan e’tiborning yana bir isbotidir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston xalqaro reytingda 108-o‘rinni egalladi – hayot sifati “yuqori” deya baholandi