date
views 30

Yangiyo‘lda yuz bergan halokat: Yuk mashinasi bola velosipedchini urib ketdi

Yangiyo‘lda yuz bergan halokat: Yuk mashinasi bola velosipedchini urib ketdi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida achinarli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Baytish mahallasi hududidan o‘tgan D-022 yo‘lida 5-iyun kuni taxminan soat 11:30 da ro‘y bergan hodisa ko‘pchilikni sergak bo‘lishga undamoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1995-yilda tug‘ilgan haydovchi K.T “MAN TGS” rusumli yuk avtomobilini boshqarib borayotgan paytda, yo‘lning o‘ng tomonidan chapga o‘tayotgan 2016-yilda tug‘ilgan velosipedchi — Yu.E.ni ko‘rmay qolib, uni urib yuborgan. Natijada bola og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda ushbu voqea yuzasidan Yangiyo‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisa sabablari va aybdorlik darajasi qonun doirasida aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, velosipedchilar ishtirokidagi yo‘l hodisalari soni so‘nggi yillarda ko‘payib bormoqda. Mutaxassislar bolalarni yo‘l qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish, ota-onalarni esa farzandlarining harakat xavfsizligiga e’tiborli bo‘lishga chaqirmoqda.

Zamin.uz sayti voqeaning rivoji, tergov natijalari va mutasaddilarning izohlari bilan yaqindan tanishtirishda davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangiyo‘lda yuz bergan halokat: Yuk mashinasi bola velosipedchini urib ketdi