date

Buxoroda nonvoyxona 530 mln so‘mlik gazni noqonuniy ishlatdi

Buxoroda nonvoyxona 530 mln so‘mlik gazni noqonuniy ishlatdi
Buxoro viloyatida tabiiy resurslardan foydalanish qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan holat aniqlandi. "O‘zenergoinspeksiya"ning hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri chog‘ida Gala Osiyo shahridagi “S. R. R.” xususiy tadbirkorlik subyektiga qarashli nonvoyxonada jiddiy qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani fosh bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, nonvoyxonadagi gaz uskunalari qonuniy tarzdagi hisoblagichni chetlab o‘tib, to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqka ulangan. Boshqacha aytganda, tadbirkorlik obyekti uzoq muddat davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga yetkazilgan zarar miqdori 530 million so‘mni tashkil etgan. Bunday holat nafaqat iqtisodiy yo‘qotishlarga, balki xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham jiddiy tahdidlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovgacha bo‘lgan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mutasaddilar bu kabi qoidabuzarliklarga qarshi keskin choralar ko‘rilishi, resurslardan samarali va qonuniy foydalanish tizimini kuchaytirish muhimligini ta’kidlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish – nafaqat moliyaviy jarimalar, balki jinoiy javobgarlikka ham olib kelishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Buxoroda nonvoyxona 530 mln so‘mlik gazni noqonuniy ishlatdi
-->