date

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari qo‘shma konsertda ishtirok etdi

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari qo‘shma konsertda ishtirok etdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birgalikda ikki mamlakat san’at ustalarining konsertida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun davlat rahbarlarining irodasi va sa’y-harakatlari tufayli xalqlar yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar keng qamrovli sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qo‘shma konsert O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stligi hamda ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlanganining navbatdagi ifodasi bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Iste’dodli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlarda madaniyatlarning boyligi, rang-barangligi va o‘ziga xosligi mujassam bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari qo‘shma konsertda ishtirok etdi