date

O‘zbekistonga har oy 1 milliondan ortiq sayyoh kelmoqda

O‘zbekistonga har oy 1 milliondan ortiq sayyoh kelmoqda
2025 yilning ilk yarim yilligida O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlar soni keskin ortgani kuzatildi. Turizm qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, har oy mamlakatga kelayotgan sayyohlar oqimi 1 millionlik ko‘rsatkichdan oshib ketmoqda. Bu haqda Kursiv.media xabar berdi.

2024 yilga nisbatan sayyohlar soni deyarli 20 foizga ko‘paygan. Bu holat nafaqat O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish oshib borayotganidan dalolat beradi, balki mamlakatda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini berayotganini ham tasdiqlaydi.

Jumladan, aprel oyida O‘zbekiston tarixda ilk bor 1 milliondan ziyod xorijlik mehmonni qabul qildi. May oyida esa ushbu raqam yana oshib, 1,1 millionga yetdi. Iyun oyida ham bu ijobiy tendensiya saqlanib qoldi — mamlakatga yana 1,1 millionga yaqin turist tashrif buyurdi.

Bunday dinamika mamlakatdagi turizm infratuzilmasi, xizmatlar sifatini yaxshilash, xavfsizlik choralarini kuchaytirish va madaniy meros obyektlarini ommalashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan bevosita bog‘liq.

Ayni paytda, O‘zbekiston xalqaro miqyosdagi yirik sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylanib borayotgani barcha sohalardagi hamkorlik imkoniyatlarini ham kengaytirayotgani kuzatilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga har oy 1 milliondan ortiq sayyoh kelmoqda