date

Liftlar endi rangli yorliq bilan baholanadi

Liftlar endi rangli yorliq bilan baholanadi
O‘zbekistonda liftlarni nazorat qilish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim qaror qabul qilindi. Hukumatning 2025 yil 12 iyul sanasidagi 431-sonli qaroriga asosan, liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga oid yangi nizom tasdiqlandi.

Yangi tartibga ko‘ra, binolarga o‘rnatilgan va doimiy foydalaniladigan liftlar har 12 oyda, ya’ni yiliga kamida bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim.

Ishga tushirilayotgan va yangidan o‘rnatilgan har qanday lift maxsus elektron axborot tizimiga kiritilishidan oldin albatta dastlabki tekshiruvdan o‘tishi shart.

Dastlabki ko‘rik liftni o‘rnatgan pudratchi tashkilot arizasi asosida, 10 ish kunidan kechikmay ixtisoslashgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Texnik ko‘rik natijalariga ko‘ra, har bir liftga holatiga mos ma’lumot yorlig‘i ilinadi:

“Yashil” — to‘liq ishlashga yaroqli liftlarga;

“Moviy” — qisman kamchilikka ega liftlarga;

“Sariq” — nosoz deb topilgan liftlarga;

“Qizil” — foydalanish xavfli hisoblangan liftlarga.

- Qizil belgili liftlardan foydalanish mumkin emas.

Agar ko‘rik natijasida lift “qizil” rangli yorliq bilan belgilansa, uning ishlatilishi mutlaqo taqiqlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Liftlar endi rangli yorliq bilan baholanadi