
O‘rta Osiyo kobrasi va Sharq bo‘g‘ma iloni zaifga yaqin, mozaik tarqalgan tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi hamda CITES'ning II ilovasiga kiritilgan.
Qizil kitobdagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo kobrasi hozirda ayrim yashash joylarida butunlay yo‘q bo‘lib ketgan, qolganlarida soni kam uchraydi. Sharq bo‘g‘ma ilonining soni haqida esa aniq ma’lumotlar yo‘q.

Mazkur ilonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotganligi aniqlangan va olib qo‘yilib, Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlash uchun topshirilgandi.
Endi esa Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining ilmiy xulosasi asosida «Surxon» davlat qo‘riqxonasining Kampirtepa, Sherjon va Sholkon hududlariga qo‘yib yuborildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar