
Dunyodagi eng yirik ma’lumotlar bazalaridan biri hisoblangan Numbeo portali 2025 yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha xalqaro jinoyatchilik darajasi indeksi natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston xavfsizlik bo‘yicha jahonda 25-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyo mintaqasida eng xavfsiz davlat deb topildi.
Bu natija O‘zbekistonning ikki pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishi orqali qayd etildi. Mamlakatda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligi sohasidagi islohotlar, huquqni muhofaza qilish idoralarining faoliyatini samarali tashkil etish, hamda fuqarolarning huquqiy ongini oshirish borasidagi chora-tadbirlar yuqori baholandi.
Qo‘shni davlatlarning ko‘rsatkichlari esa quyidagicha bo‘ldi:
Qozog‘iston — 73-o‘rin;
Qirg‘iziston — 101-o‘rin;
Afg‘oniston — 145-o‘rin.
Ajablanarlisi, Turkmaniston va Tojikiston kabi qo‘shni davlatlar indeks ro‘yxatiga kiritilmagan.
Numbeoning ushbu ro‘yxati mamlakatlardagi jinoyatchilik darajasi, fuqarolarning xavfsizlik to‘g‘risidagi subyektiv fikrlari, tinchlik va barqarorlik ko‘rsatkichlarini hisobga olib tuziladi. Bunday xalqaro tan olingan manbalarda yuqori o‘rinlarni egallash — mamlakat imiji, turizm va investitsiya muhiti uchun muhim omillardan hisoblanadi.
O‘zbekistonning ushbu natijasi — mamlakatdagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan siyosat samarasi sifatida baholanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar