date

Toshkent reysida ayolga shahvoniy tegingan mast yo‘lovchi qamaldi

Toshkent reysida ayolga shahvoniy tegingan mast yo‘lovchi qamaldi
2025 yil 21 iyul kuni “Moskva–Toshkent” reysida noxush voqea ro‘y berdi. Samolyot Toshkentga qo‘nishi arafasida 40 yoshli erkak mast holda o‘zini tuta olmasdan, yonida o‘tirgan ayolga nisbatan shahvoniy harakatlar sodir etdi. Bu haqda sud hujjatlariga tayanib xabar qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, mast yo‘lovchi ayolning ko‘kraklariga teginib, o‘zining shimini yechgan va jinsiy a’zosini chiqargan. Ayol undan bu qilmishini to‘xtatishni so‘ragan bo‘lsa-da, erkak o‘z harakatlarini davom ettirgan.

Sud jarayonida erkak qilgan ishini tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, parvoz oldidan 3 bokal pivo ichgani sabab mast holda bo‘lgan, o‘zini bilmay qilgan harakatidan pushaymon ekanini bildirgan. Shuningdek, suddan yengil jazo tayinlashini so‘ragan.

Shu bilan birga, sud huquqbuzarlikni jiddiy deb baholab, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismiga asosan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Ushbu voqea yana bir bor ommaviy transportda xulq-atvor qoidalariga amal qilish, ayniqsa ayollarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi. Aviatsiyadagi bunday holatlar nafaqat shaxsiy, balki jamiyat xavfsizligiga ham tahdid solishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent reysida ayolga shahvoniy tegingan mast yo‘lovchi qamaldi