12:04 / 08.12.2016
7 153

Bosh vazir virtual qabulxonasiga odamlar nimalar haqida murojaat qilayotgani aytildi

Bosh vazir virtual qabulxonasiga odamlar nimalar haqida murojaat qilayotgani aytildi

7 dekabr kuni "O‘zbekiston" anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi.

Ma’ruzada Sh.Mirziyoyev internet tarmog‘idagi elektron qabulxonasiga kelayotgan murojaatlar mazmuniga to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, joriy yilning 25 sentyabrida ishga tushirilgan ushbu qabulxonaga fuqarolarimizdan 218 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning qariyb 59 foizi echimini topgan bo‘lsa, 41 foizi ko‘rib chiqilmoqda.

"Ochiq aytishim kerak, bu murojaatlar tahlilidan ko‘p narsa ayon bo‘ldi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ular hayotimizda mavjud bo‘lgan o‘tkir muammolarga ko‘zimizni ochib berdi.

Mana, odamlar nimalar haqida murojaat qilmoqda. Avvalo, ular turli sohalardagi byurokratik to‘siqlarni olib tashlash, qonunga zid bo‘lgan ko‘plab idoraviy yo‘riqnomalarni bekor qilish, stavkasi optimal bo‘lgan bank kreditlari ajratish, tadbirkorlik bo‘yicha noqonuniy tekshirishlarga barham berish haqida, huquq-tartibot idoralarining faoliyati haqida murojaat qilmoqda.

Shu bilan birga, aholimizdan uy-joy qurilishi, kommunal, transport va savdo xizmati, energiya ta’minotini, yo‘llarning holatini yaxshilash bo‘yicha ham ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda", dedi Sh.Mirziyoyev.

Shuningdek, Sh.Mirziyoyev qonun talablarini bajarmayotgan rahbar va mansabdor shaxslarni nafaqat ma’muriy, balki jinoiy javobgarlikka tortish zarur, deb hisoblashini ham aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bosh vazir virtual qabulxonasiga odamlar nimalar haqida murojaat qilayotgani aytildi