date

Haftaning muhim xabarlari

Haftaning muhim xabarlari
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kurslari bo‘yicha haftalik tahlilimizga ko‘ra, 2025-yilning navbatdagi ish haftasi davomida AQSH dollari milliy valyuta – so‘mga nisbatan 4,71 so‘mga pasaydi.

2. 2025-yil 24-iyul kuni Kambodja va Tailand o‘rtasidagi 2025-yilgi chegara mojarosi kuchayishi natijasida to‘qnashuvlar boshlandi. Kamida 34 kishi halok bo‘lgan (Tailandda 14 nafar tinch aholi va 7 nafar askar, Kambodjada esa 8 nafar tinch aholi va 5 nafar askar). To‘qnashuvlar bahsli chegara bo‘ylab 12 joyda sodir bo‘lgan.

3. Isroil va G‘azo o‘rtasidagi urush yana keskinlashdi. G‘azoda bir haftada 400 dan ortiq fuqaro, jumladan bolalar halok bo‘ldi. Gumanitar inqiroz kuchayib, oziq-ovqat yetishmovchiligi tufayli kamida 85 bola vafot etdi. Isroil har kuni “taktik pauza” e’lon qilgan bo‘lsa-da, hujumlar to‘xtamadi va xalqaro bosim kuchaymoqda.

4. 2025-yil iyul oxirida Gretsiyada kuchli issiqlik to‘lqinlari oqibatida 50 dan ortiq joyda yong‘inlar yuz berdi. Afina, Evia, Peloponnes va Kythera hududlarida aholi evakuatsiya qilindi, uylar va zaytun bog‘lari yondi. Yong‘inlarni o‘chirishga Yevropa Ittifoqi yordamga kelib, 10 ta samolyot va 7 vertolyot safarbar qilindi. Ba’zi aholiga kuyish va zaharlanish tashxisi qo‘yilgan, rasmiy o‘lim holatlari qayd etilmagan.

5. Yevropa futbolida yangi boshlanishlar, yangi imkoniyatlar va kutilmagan transferlar — bu yoz O‘zbekiston milliy terma jamoasi yulduzlari uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayevning Turkiyaga qarata qadam tashlashi o‘zbek futboli muxlislarini va ekspertlarni jiddiy o‘yga toldirdi.

6. O‘zbekiston shaxmat sportchi Javohir Sindarovning yangi zafarini katta mamnuniyat bilan qarshi oldi. Saralash bosqichlarida kuchli raqiblar bilan bahslashgan Javohir EWC finaliga yo‘llanma oldi. Endi u superturnirda, 1,5 million dollarlik mukofot jamg‘armasi uchun kurashda, Nodirbek Abdusattorov va dunyoning eng nufuzli shaxmatchilaridan biri Magnus Karlsen bilan bir safga chiqadi.

7. 24-iyul kuni O'zbekistonda 2025–2026 o‘quv yili uchun OTMga kirish test sinovlari yakunlandi. Davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36% i); Toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30% i) etib belgilandi. O‘tkazilgan test imtihonlari natijalariga ko‘ra, joriy yilda 826 nafar abituriyent eng yuqori — 189 ballik natijani qayd etdi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan oltin quymalarning kunlik sotuv narxlari bo‘yicha monitoring natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 2025-yilning navbatdagi ish haftasida ham oltin narxi o‘sish tendensiyasini davom ettirdi. Haftalik tahlilga ko‘ra, bir gramm oltin narxi umumiy hisobda 15 800 so‘mga oshdi. Bu esa eng kichik 5 grammlik oltin quymaning narxi 79 000 so‘mga qimmatlashganini ko‘rsatadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Haftaning muhim xabarlari