2025 yilning avgust oyi O‘zbekiston aholisi uchun odatdagiday issiq va quroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi rasmiy ma’lumot berdi. Sinoptiklarning taxminiga ko‘ra, oy davomida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi va ob-havo katta o‘zgarishlarsiz o‘tadi.
Kunduzgi havo harorati avgustning ko‘p qismda 34—37 daraja atrofida bo‘ladi. Janubiy hududlarda esa harorat yanada yuqori ko‘rsatkichlargacha yetib, ayrim joylarda 40—41 darajagacha ko‘tarilishi ehtimoli bor. Bu ko‘rsatkichlar avgust oyining ko‘p yillik me’yorlariga mos keladi. Demak, mamlakatning katta qismida havo o‘rtacha darajada issiq bo‘ladi.
Tungi vaqtda esa harorat biroz pasayadi. Oy boshida tungi harorat 18—23 darajani tashkil etsa, oy oxiriga kelib, ya’ni uchinchi o‘n kunlikda 13—18 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Bu esa tunlar ancha proxlada bo‘lishidan darak beradi. Kunduzgi harorat ham oy oxirida biroz pasayib, 30—35 daraja atrofida bo‘ladi. Janubda bu ko‘rsatkich 36—38 darajani tashkil etishi mumkin.
Sinoptiklar ta’kidlashicha, oyning butun davomida deyarli yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Bu esa yoz faslining so‘ngi oyida ham quruqlik saqlanib qolishini bildiradi. Hatto tog‘li va o‘rmonli hududlarda ham ob-havo asosan quyoshli va iliq bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun bunday ob-havo ma’lum ma’noda qulay hisoblanadi, biroq suv tanqisligi va qurg‘oqchilik xavfi sababli ekinlarga muntazam sug‘orish zarurligi yana bir bor eslatib o‘tilmoqda.
Shu bilan birga, shifokorlar va ekologlar aholini issiqda ehtiyot bo‘lishga chaqirishmoqda. Quyosh to‘g‘ri nurlaridan himoyalanish, ko‘p suv ichish va ochiq havoda uzoq turmaslik tavsiya qilinmoqda. Ayniqsa, keksa yoshdagi fuqarolar va bolalar salomatligiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Xulosa qilib aytganda, avgust oyi O‘zbekiston uchun barqaror, quroq va nisbatan iliq havo bilan o‘tishi kutilmoqda. Bu ob-havo sharoitidan unumli foydalanish va o‘ziga xos rejalarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Zamin.uz tahririyati sizlarni ob-havo yangiliklari bilan doimiy ravishda bog‘lab turadi. Bizni kuzatib boring!
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!