O‘zbekistonning yangi bosh vaziri kim bo‘lishi haqidagi so‘rovnomada Kun.uz sayti o‘quvchilari o‘z taxminlarini bildirishgan. Saytning telegramdagi kanalida tashkil qilingan so‘rovnomada 5721 kishi ishtirok etdi deyiladi.
Ularning aksar qismi O‘zbekiston hukumatining yangi rahbari sifatida Moliya vaziri, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimovni ko‘rishmoqda. Ushbu ehtimoliy nomzod variantini 3 mingdan ortiq kishi (60 foiz) tanlagan.
Ko‘rsatilgan ehtimoliy nomzodlarning hech birini yangi bosh vazir sifatida ko‘rmayotganlar soni 629 nafar (11 foiz). Ular "Boshqa nomzod" variantini belgilashgan.
Ayni vaqtda O‘zbekiston TIV rahbari bo‘lgan Abdulaziz Komilov ham qolgan nomzodlar orasida nisbatan ustunlikka ega bo‘lgan: 565 kishi (10 foiz).
Bosh vazir o‘rinbosarlari Abdulla Aripov 8 foiz (456 kishi), Adham Ikromov 3 foiz (173 kishi), Rozuqulov Ulug‘bek 3 foiz (163 kishi), G‘ulomjon Ibrohimov 3 foiz (161 kishi) va Botir Zokirov 2 foiz (131 kishi) juda kam imkoniyatga ega deb hisoblangan.
Qayd etish kerakki, O‘zbekistonning navbatdagi bosh vaziri ham parlamentda ko‘p deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati − O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili bo‘ladi. Ayni vaqtda bu partiya Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Sodiqjon Turdiev hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»