date

1-sinfga hujjat topshirishda yangi bosqich: Mikrohududdan tashqari qabul boshlandi

1-sinfga hujjat topshirishda yangi bosqich: Mikrohududdan tashqari qabul boshlandi

2025–2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga elektron qabul jarayonida navbatdagi muhim bosqich — bolani yashash manziliga biriktirilmagan maktabga joylashtirish imkoniyati 1 avgustdan amalga kirdi. Bu imkoniyat orqali ota-onalar farzandlarini o‘z xohishiga ko‘ra boshqa ta’lim muassasasiga joylashtirishlari mumkin.

Bunda bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinsa, avvalroq berilgan ariza avtomatik tarzda yangi maktabga ko‘chiriladi. Bu jarayon qog‘ozbozlikka barham berib, ma’lumotlar almashinuvini ancha soddalashtiradi.

Shuningdek, 1 avgustdan boshlab o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ham faoliyat yuritmoqda. Endi maktabni o‘zgartirish istagida bo‘lgan ota-onalar buni elektron ravishda, hech qayerga bormagan holda amalga oshirishlari mumkin.

Elektron qabul, maktab tanlovi va arizalar yuzasidan barcha savollarga javoblarni 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki Telegram'dagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali olish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 1-sinfga hujjat topshirishda yangi bosqich: Mikrohududdan tashqari qabul boshlandi