"Sezon" boshlandi: Maktab bozorligida ota-onalarga qancha xarajat ketadi?

"Sezon" boshlandi: Maktab bozorligida ota-onalarga qancha xarajat ketadi?

"Sezon" boshlandi: Maktab bozorligida ota-onalarga qancha xarajat ketadi?
 Avgust oyi har yili ko‘pchilik uchun maktabga tayyorgarlik ko‘rish va unga mo‘ljallangan xaridlarni amalga oshirish vaqti bo‘lib, u endilikda norasmiy tarzda bozorlik oyiga aylanib ulgurdi. O‘zbekistonda, an’anaviy bozorlarga borib, farzandiga kerakli buyumlarni tanlab olish — ko‘pchilik uchun qulay va odatiy usul bo‘lgan. Ammo zamonaviy marketpleyslarning rivojlanishi bilan, uydan chiqmasdan ham maktab uchun xaridlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Kanstovarlar:
  Ruchka (5 dona) – 7 000 so‘m;
  Qora qalam (3 dona) – 6 000 so‘m;
  12 varoqli daftar (10 dona) – 20 000 so‘m;
  Umumiy daftar (15 dona) – 50 000 so‘m;
  Rangli qalam (12 xil rangli) – 15 000 so‘m;
  Jild (kitob) – 15 000 so‘m;
  Jild (daftar) – 8 000 so‘m;
  Penal – 15 000 so‘m;
  O‘tkirlagich – 9 000 so‘m;
  O‘chirish uchun uskuna – 6 000 so‘m;
  Chizg‘ichlar to‘plami – 25 000 so‘m;
  Rasm daftari (24 varoqli) – 15 000 so‘m.

Maktab formi:
O‘g‘il bolalar uchun:
  Oq ko‘ylak – 175 000 so‘m;
  Klassik shim – 250 000 so‘m;
  Tufli – 300 000 so‘m;
  Bo‘yinbog‘ – 40 000 so‘m;
Qiz bolalar uchun:
  Yubka – 200 000 so‘m;
  Oq kofta – 250 000 so‘m;
  Tufli – 250 000 so‘m;
  Kalgotkalar – 125 000 so‘m;
  Soch banti – 50 000 so‘m.
  Maktab sumkasi – 100 000 so‘mdan boshlanadi;
  Dastro‘mol (dona) – 20 000 so‘m;
  Paypoq (1 juft) – 20 000 so‘m.
Jami hisobda:
Bir o‘g‘il bola uchun maktab bozorligi o‘rtacha 1 mln 96 ming so‘mni tashkil etsa, bir qiz bola uchun esa bu miqdor 1 mln 206 ming so‘mga to‘g‘ri kelmoqda. Agar bir oilada ikki farzand maktabga borsa, o‘rtacha bozorlik xarajati 2 mln 300 ming so‘m bo‘ladi.

Barcha narxlar hozirgi kunga, O‘zbekistondagi ommabop marketpleyslardagi o‘rtacha narxlar asosida keltirildi, va mahsulotning sifat va hajmiga qarab narxlarda farqlar bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar