22-avgust kuni Nukus va Urganch shaharlarida kuchli shamol ta’sirida havoda chang zarralari keskin ko‘paydi, deb Uz24.uz xabar berdi. Shamol tezligi 9,2–10 km/soat bo‘lgan.
Ma’lumotga ko‘ra, Urganchda soat 15:00 dan 16:00 gacha PM10 zarralari me’yoridan 1,1–5,1 marta, PM2,5 zarralari esa 2,9–13,9 marta oshgan. Nukusda esa PM10 zarralari me’yoridan 3,3 marta, PM2,5 zarralari esa 20 martagacha ko‘paygan.
Mutasaddilar aholiga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qilmoqda. Atmosferadagi chang ko‘payishi nafas olish tizimiga va umumiy salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar