date

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi korxonalari soni oshib bormoqda

O‘zbekistonda uy-joy qurilishi korxonalari soni oshib bormoqda
O‘zbekistonda oxirgi yillarda uy-joy qurilishi hajmi sezilarli tarzda o‘sib borayotgani kuzatilmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ham yil sayin ortib bormoqda.

Xususan, 2025 yilning 1 avgust holatiga mamlakatimizda qurilish sohasida jami 29 232 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich yil boshidan buyon 1 824 taga ko‘paygani qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, uy-joy qurilishiga oid korxonalar hududlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Toshkent shahri – 7 078 ta korxona;

Toshkent viloyati – 2 640 ta;

Farg‘ona viloyati – 2 177 ta;

Samarqand viloyati – 2 164 ta;

Buxoro viloyati – 2 079 ta;

Qashqadaryo viloyati – 2 009 ta;

Surxondaryo viloyati – 1 903 ta;

Andijon viloyati – 1 690 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 506 ta;

Xorazm viloyati – 1 452 ta;

Namangan viloyati – 1 350 ta;

Jizzax viloyati – 1 196 ta;

Navoiy viloyati – 1 154 ta;

Sirdaryo viloyati – 834 ta.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda uy-joy qurilishi korxonalari soni oshib bormoqda