date

Andijonda chaqaloqlar kiyimida xavfli kamchiliklar topildi

Andijonda chaqaloqlar kiyimida xavfli kamchiliklar topildi

Andijon shahrida joylashgan “SMT” MCHJga qarashli “MTTY” do‘konida Turkiyada ishlab chiqarilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun kiyimlar nazorat xaridi asosida tekshirildi.

Tanlangan mahsulot akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasida tahlil qilinganda, texnik reglament talablariga zid qator kamchiliklar aniqlandi:

  • asosiy mato tarkibi 100% paxta bo‘lsa-da, dekorativ mato 100% poliefirdan iboratligi;
  • biriktiruvchi tikishlar buyumning old tomonida bajarilmagani;
  • sintetik dekorativ elementlar chaqaloqning bo‘yin va qo‘l terisiga bevosita tegib turishi;
  • erkin formaldegid miqdori me’yoridan oshib, 20 mkg/g o‘rniga 22,6 mkg/g ekani.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu kabi mahsulotlardan foydalanish bolalarda allergiya va teri yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda mazkur nomuvofiq kiyimlarni sotuvga chiqargan “SMT” MCHJga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda. Savdo nuqtalaridan mahsulotlarni olib tashlash yuzasidan murojaatlar yo‘llandi va masala qat’iy nazoratga olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Andijonda chaqaloqlar kiyimida xavfli kamchiliklar topildi