date

Avtobusda chiptasiz yurgan odamlar soni aytildi

Avtobusda chiptasiz yurgan odamlar soni aytildi

Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlangan yo‘lovchilarga nisbatan qattiq choralar ko‘rilmoqda. Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri poytaxtda 6 mingdan ziyod qoidabuzar yo‘lovchi jarimaga tortilgan.

Resmi raqamlarga qaraganda, Transport nazorati inspeksiyasi va Toshkent shahar jamoat transportini monitoring va nazorat qilish muassasasi xodimlari avtobuslarda muntazam tekshiruvlar o‘tkazmoqda. Ushbu reydlar davomida 6 182 nafar shaxs yo‘l haqini to‘lamasdan safar qilgani uchun javobgarlikka tortilishi qayd etilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga muvofiq, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslarda chiptasiz yurish bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solinishiga olib keladi.

Mas’ullar ta’kidlashicha, reydlarning asosiy maqsadi fuqarolarning qonunga rioya qilishi va jamoat transporti tizimida adolatli tartibni ta’minlashdan iborat. Chunki har bir yo‘lovchining chipta uchun to‘lov qilishi nafaqat tizim barqarorligi, balki xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida ATTO transport va virtual kartalari orqali 15,2 million to‘lov amalga oshirilgan. Shundan 11,7 millioni avtobuslarda, qolgan 3,5 millioni esa metropolitenda ro‘yxatdan o‘tgan. Shu tariqa, yo‘lovchilar o‘tgan oy davomida tariflar orqali taxminan 3,2 milliard so‘mni tejashga muvaffaq bo‘lishgan.

Mutaxassislar fikricha, chiptasiz harakat qilish nafaqat qonunbuzarlik, balki butun jamoat transporti tizimiga zarar yetkazadi. Shu bois aholiga qoidalarga rioya qilish, elektron kartalardan foydalanish va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish qat’iy tavsiya etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Avtobusda chiptasiz yurgan odamlar soni aytildi