Ayrim poyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilindi

Ayrim poyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilindi

«O‘zbekiston temir yo‘llari»ning xabariga ko‘ra, texnik omillar sabab ayrim yo‘nalishlarda poyezdlar harakati to‘xtatildi.

22–23 sentyabr kunlari 6435/6436-sonli «Toshkent — Xojikent — Toshkent» hamda 7203/7204-sonli «Toshkent — Chinorkent — Toshkent» elektropoyezdlari yo‘lga chiqmaydi.

Shuningdek, 25 sentyabrda «Qo‘qon — Andijon — Qo‘qon» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanishi kerak bo‘lgan 6391/6392-sonli yo‘lovchi poyezdi qatnamaydi.

Ma’lumotga ko‘ra, o‘zgarishlar faqat ko‘rsatilgan kunlardagi reyslarga taalluqli bo‘lib, qolgan barcha poyezdlar jadval asosida odatdagidek qatnovda bo‘ladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar