date

Pulli yo‘llar haqida qonun: Deputatlar muhim moddalarni ma’qulladi

Pulli yo‘llar haqida qonun: Deputatlar muhim moddalarni ma’qulladi

Parlamentda pulli avtomobil yo‘llari qurilishiga huquqiy asos yaratuvchi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ma’qullandi. Qonunga ko‘ra, agar ayrim yo‘nalishda tekin, ya’ni bepul yo‘l mavjud bo‘lsa, shundagina pulli yo‘l qurilishiga ruxsat beriladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi moddama-modda ko‘rib chiqildi. Deputatlar hujjat mamlakat yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va zamon talablariga moslashtirishga qaratilganini ta’kidladilar.

Loyiha yo‘llarni rejalashtirish va loyihalashda aholi fikri, atrof-muhitga ta’sir va piyodalar uchun qulayliklarni alohida hisobga olishni ko‘zda tutadi. Shu bilan birga, yo‘l qurilishi jarayonida kommunikatsiya tarmoqlarini tiklash xarajatlari ham qoplanishi shart qilib belgilangan.

Qonun katta va og‘ir vaznli transport vositalari harakatini tartibga solish hamda yo‘l bo‘yida xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish bo‘yicha talablarni aniq belgilaydi. Eng muhim jihatlardan biri — pulli trassalar to‘g‘risidagi moddalardir. Yo‘ldan foydalanish uchun belgilanadigan to‘lov aholi va iqtisodiyot ehtiyojlariga mos, ijtimoiy adolatli va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan bo‘lishi shart.

Majlisda deputatlar qonun loyihasini tayyorlashda bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olishganini qayd etib, hujjatni takomillashtirilgan shaklda qabul qilishdi va Senatga yubordilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Pulli yo‘llar haqida qonun: Deputatlar muhim moddalarni ma’qulladi