date

Nodavlat OTM granti uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Nodavlat OTM granti uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq, 2025–2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga 1320 ta davlat buyurtmasi kvotasi tasdiqlandi.

Shu munosabat bilan, 2025 yil 29 sentyabrdan 5 oktyabrga qadar (shu kuni ham) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoshlar mazkur kvotalarga muvofiq ravishda abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu jarayonda ular tanlagan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi hisobga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tganlar uchun 2025 yil 12 oktyabrga qadar test sinovlari tashkil etiladi. Ushbu jarayonda belgilangan to‘lov undirilishi ham nazarda tutilgan.

Test natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning to‘plagan ballari qat’iy ketma-ketlikda shakllantirilib, 2025 yil 17 oktyabrga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalariga rasmiy tarzda taqdim etiladi.

Bundan tashqari, mazkur tanlovda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirgan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar ham ishtirok eta oladi. Ular o‘z ballari, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos kelgan bakalavriat yo‘nalishlariga qayta tanlovdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Nodavlat OTM granti uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi