O‘zbekiston Mo‘g‘uliston go‘shtining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

2025-yilning dastlabki sakkiz oyida Mo‘g‘uliston 18,1 ming tonna go‘sht va go‘sht mahsulotini, asosan O‘zbekiston, Xitoy, BAA, Qatar, Qozog‘iston va Vetnamga eksport qildi. Eksport hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,9 foizga kamaygan, mahsulotlarning 63 foizini esa qo‘y va echki go‘shti tashkil etgan. Mo‘g‘ulistonda aholining qariyb 40 foizi chorvachilikdan tirikchilik qiladi, 2024-yil oxirida mamlakatdagi chorva soni 57,6 million boshni tashkil etgan.
Mo‘g‘uliston go‘sht va go‘sht mahsulotlarining katta qismini O‘zbekiston, Xitoy, BAA, Qatar, Qozog‘iston va Vyetnamga eksport qilmoqda. Bu haqda mamlakat Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vazirligi ma’lum qildi.
2025-yilning dastlabki sakkiz oyida mamlakat 18,1 ming tonna go‘sht va go‘sht mahsulotini sotgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,9 foizga kam. Eksport tarkibining 63 foizi qo‘y va echki go‘shtidan iborat bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mahsulotlarning asosiy qismi Xitoy, BAA, Qatar, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Vyetnamga yetkazilgan. Mo‘g‘ulistonda chorvachilik iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishi bo‘lib, aholining qariyb 40 foizi shundan tirikchilik qiladi. Biroq uzoq va og‘ir qish fasli sabab ko‘plab chorvadorlar yil sayin mollarini yo‘qotadi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumoticha, 2024-yil oxirida mamlakatda 57,6 million bosh chorva mavjud bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 iyun kuni Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston rasmiylari o‘rtasidagi uchrashuvda 2000 tonna halol ot va qo‘zi go‘shtini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.






























Izohlar 0
…