6 741
Yagona portalda bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish xizmati ishga tushirildi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish yangi interaktiv davlat xizmati ishga tushirildi. Xizmat O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar uchun taqdim etiladi.
Ushbu xizmatdan foydalanish jarayonida bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini elektron shaklda yuborish lozim. Arizani ro‘yxatga olgan kundan boshlab, 5 ish kuni mobaynida inspektor ko‘rsatilgan manzilga ob’ektni o‘rganish uchun boradi.
Ushbu xizmatning natijasi bo‘lib, bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini tasdiqlash haqida xabarni olish (1 ish kuni muddatida) hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, arizachi tomonidan taqdim etilgan bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi talablarga javob bermasa, shuningdek bino va ishootlarni o‘rganish natijasidan kelib chiqib asoslangan salbiy xulosa xizmatni olishda rad etilishining sababi bo‘lishi mumkin.
Vakolatli organ tomonidan bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Shaharsozlik faoliyati va qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun er uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishning, shuningdek ob’ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2016 yil 9 martdagi 70-son qaroriga binoan yig‘im undirilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi