date

10 oktyabrda havo quyoshli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

10 oktyabrda havo quyoshli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

10 oktyabr kuni O‘zbekistonning ko‘pchilik hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ammo Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoldan holi emas.

Toshkent shahrida havo quyoshli va sokin bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 12–14, kunduzi 26–28 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda osmon qisman bulutli, ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan 13–18 metrgacha kuchayishi ehtimol qilinadi. Harorat kechasi 10–15, kunduzi 21–26 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo quruq va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi, ba’zi hududlarda uning tezligi 18 metrgacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 12–17, kunduzi 24–29 daraja ichida bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, havo o‘zgaruvchan. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esishi kutilmoqda, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10–15, kunduzi 23–28 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo quyoshli va yomg‘irsiz bo‘ladi. Shamol sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi, ba’zi paytlarda uning tezligi 18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13–18, kunduzi 25–30 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, lekin yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 5–10 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10–15, kunduzi 22–27 daraja atrofida bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoldan holi emas. Shamol sekundiga 7–12 metr tezlikda esib, ba’zi hollarda 18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–12, kunduzi 12–17 daraja ichida bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 10 oktyabrda havo quyoshli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi