date

Havoni ifloslaganlar jarimaga tortiladi

Havoni ifloslaganlar jarimaga tortiladi

Atmosfera havosini muhofaza qilish qoidalariga amal qilmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasiga ko‘ra, bu qoidabuzarlik uchun turli darajadagi jarimalar belgilangan.

1. Qurilish ishlari vaqtida yonilg‘i yoki bitumni noto‘g‘ri yoqish holatida:

  • fuqarolarga — BHMning 1/3 qismidan 1 baravarigacha,
  • mansabdor shaxslarga — 1 dan 3 baravarigacha jarima qo‘llaniladi.

2. Huquqbuzarlik qayta sodir etilgan taqdirda:

  • fuqarolarga — 1 dan 3 baravarigacha,
  • mansabdorlarga — 3 dan 7 baravarigacha jarima belgilanadi.

3. Ang‘iz, xazon yoki shox-shabbalarni yoqish orqali havoni ifloslantirish uchun:

  • fuqarolarga — 3 dan 5 baravarigacha,
  • mansabdorlarga — 5 dan 10 baravarigacha jarima belgilanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020–2024 yillar mobaynida 419 nafar, joriy yilning birinchi yarmida esa 18 nafar shaxs mazkur modda asosida javobgarlikka tortilgan.

Ekologlar aholini havoni toza saqlash, chiqindilarni yoqmaslik va qonun talablariga rioya etishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Havoni ifloslaganlar jarimaga tortiladi