
Toshkent metropolitenidagi yo‘nalishlar chizmasi yangilandi. Bu haqda «Daryo» ma’lum qildi.
Chizmada «Sergeli» yo‘nalishi ham «qurilayotgan yo‘nalish» nomi bilan paydo bo‘lgan. Yo‘nalish olti bekatdan iborat bo‘lib, «Chilonzor» yo‘nalishiga ulanishini ko‘rish mumkin. Chizmada «Sergeli»dagi bekatlar nomi ko‘rsatilmagan.
Eski tahrirdagi yo‘nalishlar chizmasida «Yunusobod» yo‘nalishining shimoliy qismida uchta — «Fayzulla Xo‘jaev», «Yunusobod» va «Turkiston» bekatlari qurilayotgani ko‘rsatilgan edi. Yangi chizmada «Fayzulla Xo‘jaev» bekati yo‘q — faqat qolgan ikki bekat qurilayotgani bildirilgan.
«Yunusobod» yo‘nalishining janubiy qismidagi «Bobur», «To‘qimachi», «Usmon Nosir», «Janubiy» bekatlari, eski chizmadagi kabi, yangisida ham «loyihalashtirilayotgan bekatlar» sifatida ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Toshkent metrosining «Yunusobod» yo‘nalishidagi ikki bekatda qurilishni yakunlash, shuningdek, Sergelida er usti tezyurar metro qurilishini loyihalashtirishni jadallashtirish haqida ko‘rsatma bergan edi.
Ayni vaqtda Yunusobodda ham, Sergelida ham metro qurilishi ishlari olib borilmoqda.

“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar