O‘zbekiston hukumati 2017 yilning 1 yanvaridan jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga beriladigan turar joy va noturar inshootlar ijara to‘lovining asosiy o‘lchamlarini belgilab berdi. Bu haqida Kun.uz sayti xabar berdi.
Ijara to‘lovining asosiy o‘lchamlari O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq belgilandi.
2017 yilda noturar joy ijarasining minimal stavkasi 1 kvadrat metr uchun Toshkent shahrida 9 ming so‘m qilib (2016 yilda - 6 ming so‘m) belgilandi, Nukus shahri va viloyatlar tasarrufidagi shaharlarda - 6 ming so‘m (4 ming so‘m), boshqa aholi punktlarida esa - 3 ming so‘m (2 ming so‘m) darajasida belgilandi.
Turar joy ijarasining minimal stavkasi 1 kvadrat metr uchun bir oyga Toshkent shahrida - 4,5 ming so‘m (3 ming so‘m), Nukus va viloyatlar tasarrufidagi shaharlarda - 3 ming so‘m (2 ming so‘m) va boshqa aholi punktlarida - 1,5 ming so‘m (ming so‘m) darajasida belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»