7 436
Bojxona deklarasiyasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali to‘ldirish xizmati joriy qilindi
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona chegaralari orqali harakatlanadigan jismoniy shaxslar uchun 2013 yilda qo‘mita veb-sayti orqali yo‘lovchi bojxona deklarasiyalarini to‘ldirish va chop etish xizmati joriy qilingan edi.
Ya’ni jismoniy shaxslar deklarasiyani PDF formatida saytdan ko‘chirib olishlari, unga tegishli ma’lumotlarni elektron tarzda kiritishlari mumkin. Ma’lumotlarni kiritib bo‘lgach, deklarasiyaning to‘g‘ri to‘ldirilganligini uning quyi qismida joylashgan “tekshirish” tugmasi orqali tekshirib ko‘rish imkoni mavjud. Agar xatolar aniqlansa, ularni tuzatgach, deklarasiyani A-5 formatdagi oddiy qog‘ozning mos ravishda old va orqa tomoniga 2 nusxada chop etib, bojxona postida taqdim etish yo‘lga qo‘yilgan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmatiga tayanib Kun.uz sayti ma’lum qilmoqda.
Endilikda jismoniy shaxslar ushbu xizmatning yanada takomillashgan shaklidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham foydalanishlari mumkin:
DBQ veb-saytidan farqli o‘laroq, portalda to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklarasiyasini identifikasion kod bilan birgalikda onlayn rejimda olishlari va A5 formatida qog‘ozga chop etib, bojxona postida taqdim etishlari mumkin.
Shuni yodda tutish kerakki, “Yo‘lovchi bojxona deklarasiyasi”ni elektron taqdim etish davlat interaktiv xizmatidan foydalanib onlayn tarzda to‘ldirish uchun “Internet Explorer” brauzeridan foydalanishlari yoki boshqa brauzerlardan foydalangan hollarda deklarasiyani kompyuterga yuklab olib to‘ldirish uchun “.pdf” formatini o‘qiy oladigan dasturlar (masalan, Adobe Acrobat Reader DC, Adobe Acrobat Pro, Foxit Reader va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Natijada jismoniy shaxslar bojxona postlaridagi bayonnomalarni to‘ldirish ustunlarida navbat kutish, o‘zlari tanlagan tildagi blankalarni izlash kabi juz’iy muammolarga duch kelishmaydi hamda ularning vaqti tejaladi.
Yo‘lovchi bojxona deklarasiyasini elektron shaklda to‘ldirish vaqtida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni o‘sha vaqtning o‘zida tuzatish imkoniyati mavjud. Bojxona postlarida qog‘oz shaklida to‘ldirish jarayonida esa xatolikka yo‘l qo‘yilsa, yana yangidan to‘ldirishga to‘g‘ri kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”