O‘zbekistonda 2017 yilda 260 kilometr avtomobil yo‘llarini qurish va va ta’mirlash rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi.
Prezident tomonidan o‘tgan yilning oxirida imzolangan "O‘zbekiston Respublikasining sarmoyalar dasturi to‘g‘risidagi" qaroriga ko‘ra ushbu maqsadlarga 1,5 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan. Sarmoyalar Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l fondi mablag‘i hisobidan ajratiladi.
"O‘zavtoyo‘l" AJ matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, ushbu yilda Qoraqalpog‘iston hududida 22 km, Buxoro viloyatida — 12 km, Jizzax viloyatida — 16 km, Qashqadaryo viloyatida — 54,8 km, Navoiy viloyatida — 3km, Namanganda — 41,5 km, Samarqandda — 10km yangi avtomobil yo‘llari ekspluatasiyaga topshirish rejalashtirilgan. Shuningdek Surxondaryo viloyatida — 65,7 km, Toshkentda 25 km, Sirdaryo va Farg‘onada besh kilometrdan yo‘llar topshirilishi kerak.
Ajratilayotgan mablag‘larning bir qismi zamonaviy yo‘l-remont texnikasi sotib olishga, yana bir qismi — loyihalashtirish-tekshiruv ishlari uchun ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Respublika yo‘l fondi avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlari qurish va tamirlash uchun 2,8 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi haqida xabar bergan edi.
Ushbu mablag‘larning bir qismi yo‘l yaqinidagi infratuzilmani rivojlantirish uchun sarflanadi. Ayni damda respublikadagi avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 183 ming kilometrni tashkil qiladi. Ulardan 42,6 ming kilometri — umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan respublika va xalqaro miqyosdagi avtombil yo‘llari. O‘zbekiston milliy magistralining uzunligi 3 ming kilometrni tashkil qiladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yo‘lovchi tashish xizmatlarining 95% hamda yuk tashish xizmatining 85% avtomobil yo‘llari orqali amalga oshiriladi. Bu avtomobil yo‘llarining O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida o‘ta muhim o‘rin tutishidan dolalat beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi