date

O‘zbekistonda ortiqcha ish uchun ikki hissa haq to‘lanadi

O‘zbekistonda ortiqcha ish uchun ikki hissa haq to‘lanadi

Mehnat sohasida muhim yangilik — endilikda O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari mehnat qilgan xodimlarga ikki barobargacha haq to‘lanadi. 11-noyabr kuni qabul qilingan 1095-sonli qonunga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari mehnatning birinchi ikki soati uchun kamida 1,5 hissa, 2 soatdan ortiq qismi uchun esa kamida 2 hissa miqdorida maosh to‘lanishi shart qilib belgilandi.

Qonun mehnat munosabatlarini zamon talablariga moslashtirish, xodimlar huquqlarini mustahkamlash va fuqarolarning mehnatga bo‘lgan rag‘batini oshirishni ko‘zlaydi. Hujjatda shuningdek, xususiy bandlik agentliklarining faoliyatini kengaytirish va Migratsiya agentligining vakolatlarini aniq belgilashga oid o‘zgarishlar ham aks etgan.

Endilikda xususiy bandlik agentliklari ish izlovchi fuqarolarni kasb va xorijiy tillarga o‘qitish kurslarini tashkil qilishi, shu jarayonga xorijiy ish beruvchilarni ham jalb etishi mumkin. Shuningdek, ular depozitdagi mablag‘lardan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil boshqarish huquqiga ega bo‘ldi.

Qonunga kiritilgan yana bir muhim o‘zgarish — ish vaqtidan tashqari ish uchun yillik cheklovning bekor qilinishi. Ilgari bunday mehnat yiliga 120 soatdan oshmasligi lozim edi, endi esa bu talab olib tashlandi.

Mehnat kodeksidagi bu o‘zgarish ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlarni yanada ochiq, shaffof va adolatli qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda qabul qilingan boshqa qonun bilan O‘zbekiston fuqarolariga ilk bor rasman ish tashlash huquqi ham kafolatlangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ortiqcha ish uchun ikki hissa haq to‘lanadi