Yunusobod bozoriga tushgan xaridor qirmizi kartoshka sirini fosh etdi

Yunusobod bozoriga tushgan xaridor qirmizi kartoshka sirini fosh etdi
Yunusobod bozoriga tushgan xaridor qirmizi kartoshka sirini fosh etdi

Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhi ishtirokchisi Yunusobod bozoridagi ayrim sotuvchilar sotayotgan qirmizi kartoshkaning kelib chiqishi sirini fosh etdi, deb yozadi Daryo nashri.

«Bozorda aylanib yursam, sotuvchi kartoshkasini qirmizi lavlagi bilan artib o‘tiribdi. «Nima qilyapsiz, aka?», – deb so‘rasam: «Qizil kartoshka qilyapman!», – dedi», – deb yozadi Facebook foydalanuvchisi.

Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, oddiy kartoshka bir siqim lavlagi yordami «qirmizi»ga aylantiriladi, qirmizi kartoshka esa oddiysidan ko‘ra qimmatroq sotiladi.

«Shunday ekan, qirmizi kartoshka sotib olayotganingizda barmog‘ingiz bilan – rang o‘tadimi-yo‘qmi, bilish uchun – yaxshilab artib ko‘ring», – deyiladi Potrebiteli.uz saytida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar