Besh yilda talabalar soni ikki barobardan ko‘paydi

1 daqiqa o'qish138
Besh yilda talabalar soni ikki barobardan ko‘paydi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga 381,7 mingdan ziyod talaba qabul qilingan. Bu raqam 2020/2021 yilga nisbatan 2,2 barobar ko‘pdir, deb xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.

Joriy o‘quv yilida qabul qilinganlarning 196,7 ming nafari qizlar, 185 ming nafari esa o‘g‘il bolalardir. Demak, oliy ta’limda tahsil olayotgan qizlar soni yigitlarnikidan 12 ming nafarga ko‘p.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p talaba Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda — bu yerda 155,2 mingdan ortiq yoshlar oliy ta’limda tahsil olmoqda. Keyingi o‘rinlarda Buxoro (31,5 ming), Toshkent viloyati (27 ming) va Samarqand (21,2 ming) viloyatlari joylashgan.

Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida qayd etilgan — bu yerda hammasi 5,3 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Shu bilan birga, Jizzax (6,3 ming), Navoiy (9,2 ming) va Andijon (12,5 ming) viloyatlarida ham talabalar soni nisbatan kam.

Mutahassislar fikricha, so‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalari sonining oshishi, qabul kvotalarining kengayishi va ta’lim imkoniyatlarining yaxshilanishi yoshlar orasida oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishni sezilarli darajada kuchaytirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?