date

Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi keskin choralar boshlandi

Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi keskin choralar boshlandi
Toshkent shahrida so‘nggi kunlarda atmosfera havosining ifloslanishi keskin oshib, aholida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Ekologik vaziyatning og‘irlashgani shahar va viloyat miqyosida shoshilinch choralar ko‘rishni talab qildi.

Shu munosabat bilan, Administratsiya rahbari topshirig‘iga asosan Ekologiya vazirligi mutasaddilari hamda huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan Toshkent shahar va Toshkent viloyatida kecha yarim tunda keng ko‘lamli reyd tadbirlari boshlandi. Tadbirlardan maqsad — havoga zarar yetkazayotgan omillarni aniqlash, havo sifatini yaxshilash va ekologik me’yorlarga rioya etilishini ta’minlashdir.

Reydlar davomida issiqxonalar, turli turdagi pechlar hamda atmosferaga zararli moddalar chiqarayotgan korxonalar ish faoliyati tekshirilmoqda. Ishchi guruh tomonidan aniqlanayotgan qoidabuzarliklarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, keng ko‘lamli ekologik nazorat va profilaktik chora-tadbirlar atmosfera havosini sog‘lomlashtirishga qaratilgan bo‘lib, joriy jarayon davom ettiriladi. Toshkentda ekologik holatni barqarorlashtirish maqsadida olib borilayotgan bu harakatlar aholi salomatligi va yashash sifati uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi keskin choralar boshlandi